Xalqaro hamkorlik konferensiyasi bo'lib o'tdi!

📅 29 Apr, 2026 👁 141

✔️Bugun, 28-aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Dizayn — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

photo_2026-04-29_17-00-05.jpg

⭐️ Konferensiya davomida dizayn sohasida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining dolzarb muammolari, zamonaviy yondashuvlar hamda ularning samarali yechimlari muhokama qilindi.

photo_2026-04-29_17-00-11.jpg

Shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Keng Makon” mebellar fabrikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

photo_2026-04-29_17-00-14.jpg

✅Tadbir yakunida faol ishtirok etgan qatnashchilarga esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar topshirildi.

photo_2026-04-29_17-00-17.jpg