Loyihalar

Ilm-fanni ommalashtirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va yosh tadqiqotchilarni rag‘batlantirish maqsadida turli ilmiy loyihalarni amalga oshiramiz.

Science & Innovation Awards

UzReport TV bilan hamkorlikda yilning eng faol olim va tadqiqotchilarini taqdirlaymiz. Shuningdek, yilning eng yaxshi oliy ta'lim va ilmiy muassasalarini aniqlaymiz.

O‘zbekistonning taniqli olimlari

taniqliolimlar.uz — Har yili 100 ta mashhur olimlarning hayoti, ilmiy faoliyati va yutuqlari haqidagi ensiklopediya nashr etiladi.

Mening muvaffaqiyat yo‘lim

successful.uz — ilhomlantiruvchi biografiyalar va muvaffaqiyat hikoyalarini jamlagan portal.

ilmiyanjumanlar.uz platformasi

“ilmiyanjumanlar.uz” - O‘zbekistonlik tadqiqotchilar va ilmiy jamoatchilik uchun mo‘ljallangan ilmiy konferensiyalar va maqolalar platformasi.

“Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali

Ilmiy tadqiqotlar va yangicha g‘oyalarni xalqaro auditoriyaga taqdim etishga mo‘ljallangan ochiq kirishli ilmiy jurnal. Faqat ingliz tilida nashr etiladi. Har bir maqola DOI olinadi. 7 ta xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi. https://scientists.uz

Plagiarizm.uz

plagiarizm.uz — O‘zbekiston olimlari uchun yaratilgan milliy antiplagiat tizimi. Maqolalar, dissertatsiyalar va ilmiy ishlarning o‘zaro o‘xshashlik darajasini aniqlaydi.

“Science and Innovation” nashriyoti

“Science and Innovation” nashriyoti — ilmiy va badiiy adabiyotlarni nashr qilishda yetakchi markazlardan biri. Har bir nashr professional jamoa tomonidan tayyorlanadi.

Evrika mukofoti

“Evrika” mukofoti — 18–40 yoshdagi yosh olim va mutaxassislarni fan, innovatsiya hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun rag‘batlantirish maqsadida O‘zRFA Ilm-fan targ‘iboti markazi bilan hamkorlikda ta’sis etilgan yuksak e’tirofdir.