Ilmga bag‘ishlangan umr: yubiley tantanasi va kitob taqdimoti
📅 20 Apr, 2026👁 145
Pedagogika fanlari doktori, professor Zuxra Karabayevnaning 65 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir va kitob taqdimoti yuqori saviyada tashkil etildi.
2026-yil 20-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida olimaning sermazmun ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Bir olimning ilm yo‘li: ilmiy maktab — tajriba va istiqbol” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitob "Science and innovation" nashriyotida tayyorlanib, nashr etildi.
Mazkur tadbir davomida ustozning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Universitet rektori Bahodir Mirzaev hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali vakillari tomonidan professorga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ustozni muborak tavallud ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz, ularga mustahkam sog‘lik, ilmiy izlanishlarida yangi yutuqlar va kelajak avlodni tarbiyalash yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz.