"Raqamlashtirish sharoitida zamonaviy didaktik modellardan foydalanish" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi.

📅 18 Apr, 2026 👁 89
Xalqaro hamkorlik konferensiyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida bo'lib o'tdi.
photo_2026-04-29_17-19-55.jpg

2026-yil 18-aprel kuni "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida xalqaro nufuzli konferensiya bo'lib o'tdi.
photo_2026-04-29_17-20-18.jpg

⌛ Mazkur anjumanda Sharipov Kongratbay Avezimbetovich — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Mirzayev Baxodir Suyunovich — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida rektori ishtirok etib, konferensiya mavzusi yuzasidan dolzarb fikr va takliflarini bildirdilar.
photo_2026-04-29_17-20-23.jpg

Tadbir davomida raqamlashtirish jarayonida ta’lim tizimiga zamonaviy didaktik yondashuvlarni joriy etish, innovatsion metodlardan samarali foydalanish hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish masalalari keng muhokama qilinib, ishtirokchilarga sertifikatlar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.