Inson va raqamli agentlar hamkorligi: taʼlim tizimida yangi yondashuvlar muhokama qilindi

📅 17 Apr, 2026 👁 87

2026-yil 17-aprel kuni “Inson va raqamli agentlar hamkorligi: ta’lim tizimi oldidagi chaqiriqlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli yakunlandi!

photo_2026-04-29_17-24-04.jpg

Anjumanda Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi raisi, akademik Oqil Umurzoqovich Salimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich hamda Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Olimjonovich Karimjonov ishtirok etib, zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, raqamli transformatsiya va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha muhim ma’ruzalar bilan qatnashdilar.

photo_2026-04-29_17-24-15.jpg
photo_2026-04-29_17-24-18.jpg

Shuningdek, konferensiyada “Science and Innovation” kompaniyasi ta’sischisi va direktori Rustamov Baxtiyor Normamatovich ham sun’iy intellekt, ilmiy platformalar va innovatsiyalar integratsiyasi yo‘nalishida o‘zining dolzarb fikr va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi.

photo_2026-04-29_17-36-52.jpg

Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Oʻzbek-fransuz universiteti, "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamda qator xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
photo_2026-04-29_17-24-28.jpg

Konferensiya doirasida dolzarb mavzular bo‘yicha soha ekspertlari va chet ellik olimlarning ma’ruzalar tinglandi, ilmiy bahs-munozaralar tashkil etildi hamda yangi hamkorlik aloqalariga zamin yaratildi.

photo_2026-04-29_17-24-21.jpg