"Amity University Tashkent" da xalqaro ilmiy konferensiya

📅 16 Apr, 2026 👁 72
2026-yil 16-aprel kuni "Amity University Tashkent" da “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda Amity University Tashkent hamkorligida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
photo_2026-04-29_17-54-53.jpg

“Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda Amity University Tashkent hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjuman davomida soha rivojiga katta hissa qo‘shayotgan taniqli olimlar dolzarb ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.
photo_2026-04-29_17-55-12.jpg

Xususan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Saidahror Gulyamov, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, oliy ta’lim a’lochisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Toshbolta To‘xtayevich Jo‘rayev hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Shoira Azimovna Musayeva konferensiya doirasida “Smart tourism management” yo‘nalishiga oid muhim ilmiy qarashlarini taqdim etdilar.

photo_2026-04-29_17-55-39.jpg
Anjumanda turizm, menejment va iqtisodiyot sohalarining dolzarb yo‘nalishlari, xususan, smart texnologiyalar, innovatsion boshqaruv, marketing strategiyalari hamda startap ekotizimi bo‘yicha muhim ilmiy va amaliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.
photo_2026-04-29_17-55-28.jpg

Konferensiya davomida mahalliy va xalqaro mutaxassislar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yildi, yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi hamda istiqbolli ilmiy tashabbuslarga asos solindi.
photo_2026-04-29_17-55-37.jpg
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, universitet talabalari, OAV xodimlari hamda bir qator nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
photo_2026-04-29_17-55-23.jpg

Tadbir yakunida barcha faol qatnashgan spikerlarga tashakkurnomalar hamda statuetkalar topshirildi.