Yoshlar tarbiyasiga oid xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi!

📅 07 Apr, 2026 👁 67
“Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

photo_2026-04-29_18-04-44.jpg
Tadbirni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori va akademik Xolboy Ibragimovich Ibraimov ta'lim tizimida yoshlar tarbiyasi masalalariga a'lohida to'xtalib ochib berdi.
photo_2026-04-29_18-04-56.jpg
✔️ Konferensiyada bir qator xorijiy professorlar, jumladan, AQSHdan Florence Dujjarik Sandrine, Fransiyadan Bradley Fitzgerald Jacob, Rossiyadan Mohammad Reza Bahrami, shuningdek, Samarqand davlat chet tillari instituti professorlari yoshlar tarbiyasi va ta’limning zamonaviy usullari bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashdi. Tadbir davomida universitet professor-o'qituvchilari, xorijlik mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
photo_2026-04-29_18-05-08.jpg
Shu bilan birga, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) dan vakillar ham faol qatnashdi.
photo_2026-04-29_18-05-39.jpg
Anjuman so'nggida faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg'alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlanib, umumiy fotosuratga tushish jarayonlari bo'lib o'tdi.
photo_2026-04-29_18-06-53.jpg