Abdulla Oripov 85 yillik yubileyiga bag'ishlangan hamkorlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

📅 18 Mar, 2026 👁 72
2026-yil 18-mart kuni “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida Abdulla Oripov tavalludining 85 yillik yubileyiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
photo_2026-04-29_18-21-04.jpg
Konferensiyada “Science and Innovation” kompaniyasi ta’sischisi va direktori Rustamov Baxtiyor Normamatovich ham ishtirok etdilar. B.Rustamov ma’ruzasida shoirning boy ijodi va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlanib, shuningdek, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

photo_2026-04-29_18-21-22.jpg
Ushbu konferensiyada shoir Abdulla Oripovning rafiqalari va oila a’zolari ham ishtirok etib, uning ijodi, she’rlari hamda oiladagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
photo_2026-04-29_18-22-01.jpg
Shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Adabiyotshunoslik va adabiy tanqid kengashi raisi Nurboy Jabborov hamda bir qator professor-olimlar va shoirning shogirdlari uning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni va o‘chmas izini alohida e’tirof etdilar.
photo_2026-04-29_18-21-43.jpg
Anjuman davomida musiqali chiqishlar ham o‘rin olib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijrosidagi maqom qo‘shiqlari davraga yanada fayz va ruh bag‘ishladi.
Anjumanda shoirlar, professor-o‘qituvchilar, universitet vakillari, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari faol ishtirok etib, mazkur tadbir ilmiy va ijodiy muloqot maydoniga aylandi.
photo_2026-04-29_18-21-33.jpg
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.