Respublika ilmiy-amaliy anjumani: “Zamonaviy taʼlim tizimida innovatsion rivojlanish va yangi avlod kompetensiyalari”
📅 14 Mar, 2026👁 75
2026-yil 14-mart kuni Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda "Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion rivojlanish va yangi avlod kompetensiyalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur anjuman "Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion rivojlanish va yangi avlod kompetensiyalari" mavzusida bo‘lib, raqamli transformatsiya sharoitida maktab ta’limi, yoshlar kelajak poydevori va boshqa turli masalalarda spikerlar chiqishlar qildi.
✔️ Konferensiyada, Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati xodimlari, Oliy majlis senati Fan, ta’lim sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev va soha ekspertlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Konferensiya so‘nggida faol ishtirok etgan bir qator anjuman ishtirokchilariga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirilib, umumiy fotosuratlarga tushish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.