Xalqaro hamkorlik konferensiyasi bo'lib o'tdi

📅 14 May, 2026 👁 124
Konferensiyada bir qator xorijiy hamda mahalliy professorlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Bugun, Toshkent davlat transport universiteti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Chet tillarini o‘qitishning innovatsion usullari, tarjimashunoslik va filologik tadqiqotlarda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi.
photo_2026-05-14_16-16-13.jpgMazkur konferensiyani Toshkent davlat transport universiteti, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Texnika fanlari doktori, professor, Shaumarov Said Sanatovich tantanali ravishda ochib berdi.
photo_2026-05-14_16-16-26.jpgShuningdek, konferensiya davomida xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy va innovatsion metodlari, tarjimashunoslik sohasidagi yangi yondashuvlar, filologik tadqiqotlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
photo_2026-05-14_16-16-40.jpgTadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar, yosh izlanuvchilar hamda OAV vakillari faol ishtirok etib, ma'ruzachilarga konferensiya so'nggida sertifikatlar topshirildi.
photo_2026-05-14_14-45-26.jpg