Muzeyshunoslik nazariyasi muhokama markazida

📅 15 May, 2026 👁 164

2026-yil 14-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “XXI asrda muzeyshunoslik nazariyasi va muzeylarni boshqarish amaliyotining dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

photo_2026-05-14_17-26-21.jpgKonferensiya institut rahbariyati hamda soha mutaxassislari tomonidan kirish so‘zlari bilan boshlandi.

photo_2026-05-16_12-35-48.jpgAnjuman davomida asosiy ma’ruzalar tinglanib, ularda zamonaviy ilmiy yondashuvlar, qo‘lyozma
manbalarni o‘rganish, ularni saqlash va ilmiy muomalaga kiritish masalalari muhokama qilindi.

photo_2026-05-14_17-26-22.jpgKonferensiyada respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar hamda ixtisoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va OAV vakillari ishtirok etdi.