Akademik Jurayev Risbay Xaydarovichning 80 yillik yubileyi
📅 15 May, 2026👁 174
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Karimova E'zoza Gapirjonovna ham ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori, ustoz va olim Jurayev Risbay Xaydarovich tavalludining 80 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Ayupov Shavkat Abdullayevich, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Karimova E'zoza Gapirjonova, "Science and Innovation" kompaniyasi ta'sischisi va direktori Rustamov Baxtiyor Normamatovich, Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori Shin Agrippina Vasilyevna, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Saidov Akmal Xolmatovich, Profi Universiteti rektori Shoumarov G'ayrat Bahramovich va boshqa bir qator tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, ustozning ilm-fan, ta’lim va pedagogika rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdilar.Tadbir davomida Risbay Xaydarovichning ko‘p yillik samarali faoliyati, ta’lim tizimidagi islohotlardagi o‘rni, ilmiy maktab yaratishdagi xizmatlari va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.Ustozning hayot yo‘li, ilmiy merosi va insoniy fazilatlari bugungi yoshlar uchun haqiqiy ibrat maktabi ekani yana bir bor ta’kidlandi.