Zamonaviy matematikaning dolzarb masalalari xalqaro anjumanda muhokama qilindi
📅 22 May, 2026👁 138
“Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan konferensiya ilmiy hamjamiyat vakillarini bir maydonda jamlab, dolzarb masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashish imkonini yaratdi. Kecha, 21-may kuni "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “Muqobil turizm: zamonaviy tendensiyalar va kelajak istiqbollari” mavzusida bir qator masalalar keng muhokama qilindi. Anjumanda differensial tenglamalar nazariyasining zamonaviy ilm-fandagi o‘rni, matematik modellashtirish, hisoblash usullari va matematikaning yondosh tarmoqlaridagi yangi ilmiy yondashuvlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, konferensiya doirasida mutaxassislar tomonidan ilmiy ma’ruzalar ham taqdim etilib, konferensiya so'nggida umumiy fotosuratga tushish jarayonlari ham bo'lib o'tdi.