Yashil iqtisodiyot va raqamlashtirish

📅 21 May, 2026 👁 126
Bugun University of Business and Science Toshkent filiali hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamlashtirishning o‘rni, muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
photo_2026-05-25_15-34-17 (4).jpgAnjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. 
photo_2026-05-25_15-34-16 (2).jpgShuningdek, anjuman doirasida iqtisodiy barqarorlik, yashil moliya, blokcheyn texnologiyalari, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va kadrlar tayyorlashda raqamli vositalardan foydalanish masalalari yuzasidan ilmiy muhokamalar tashkil etildi.
photo_2026-05-25_15-34-17.jpg