Zamonaviy kasblarga yoshlarni tayyorlashda xorijiy tillar va raqamli texnologiyalar mavzusi o'rganildi
Mazkur anjumanda ta’lim tizimida xorijiy tillarning o‘rni, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari, zamonaviy kasblarga tayyorlashning innovatsion yondashuvlari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Konferensiya davomida ilmiy ma’ruzalar tinglandi, dolzarb mavzular muhokama qilindi hamda ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqotlar olib borildi.