Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
š 06 Jun, 2026š 139
2026-yil 5ā6-iyun kunlari Buxoro innovatsiyalar universiteti hamda āScience and Innovationā xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida āInnovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: taʼlim sifatini oshirish istiqbollariā mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boālib oātdi. Anjumanda Oāzbekistonning turli oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan professor-oāqituvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etib, taʼlim tizimini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, raqamli taʼlim, sunʼiy intellekt imkoniyatlari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ilmiy maʼruzalar bilan qatnashdilar. Konferensiya davomida zamonaviy taʼlim nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ilm-fan va taʼlim integratsiyasini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Anjuman yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan ilmiy gāoyalar va amaliy tavsiyalar taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.