Toshkentda "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" ga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya

📅 17 Sep, 2026 👁 63
16–17-sentyabr kunlari Toshkentda “Barqaror rivojlanish maqsadlarida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining tabiiy resurslarga ta’sirini yumshatish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
photo_2026-09-17_12-07-06.jpgAnjuman "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Green University hamda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida tashkil etildi.
photo_2026-09-21_15-01-40.jpgKonferensiya doirasida suv resurslari va muzliklar muhofazasi, izotop gidrologiyasi va iqlim xizmatlarida innovatsiyalar, geoturizm va iqlim migratsiyasi masalalari, mintaqada barqaror rivojlanish bo‘yicha amaliy yechimlar kabi mavzular muhokama markazida bo‘ldi.
photo_2026-09-17_12-07-08.jpgKonferensiyada OAV vakillari ham faol qatnashib, soha ekspertlari va mutaxassislaridan mavzu bo‘yicha muhim xulosa hamda intervyular olishdi.