Ta’lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion texnologiyalar

📅 11 Sep, 2026 👁 53
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida xalqaro hamkorlik va ilmiy muloqotni yangi bosqichga olib chiquvchi yuqori darajadagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
photo_2026-09-10_16-49-54.jpg2026-yil 10-sentabr kuni xalqaro hamkorlik doirasida yuqori darajadagi anjuman boʻlib oʻtdi. Konferensiyaga Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mezbonlik qilib, unda bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.
photo_2026-09-10_18-08-04.jpgJumladan, uyda yakka tartibda ta’lim berish, inklyuziv madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari hamda ta’lim jarayonida oila va mahalla hamkorligi kabi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusi rejalar kelishib olindi.
photo_2026-09-21_15-08-20.jpgUniversitet professor o'qituvchilari va OAV lari vakillari ishtirokida tashkil etilgan mazkur konferensiyada tantanali taqdirlash marosimi, umumiy fotosessiya va shoʻba ma'ruzalari boʻlib oʻtdi.