Ijtimoiy tizimlarni modellashtirish va raqamli transformatsiya
š 25 Sep, 2026š 51
2026-yil 23ā25-sentyabr kunlari Mirzo Ulugābek nomidagi Oāzbekiston Milliy universitetida āIjtimoiy tizimlarni modellashtirish va raqamli transformatsiya: ilmiy tajribalar, texnologiyalar va rivojlanish istiqbollari (MSBCā2026)ā mavzusidagi 4-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boālib oātdi.Mazkur xalqaro ilmiy anjuman Mirzo Ulugābek nomidagi Oāzbekiston Milliy universitetining Jurnalistika va oāzbek filologiyasi fakulteti hamda āScience and Innovationā xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etildi.Konferensiya zamonaviy ilm-fan kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi. Xususan, unda ijtimoiy-gumanitar fanlar va raqamli texnologiyalar integratsiyasi, ijtimoiy-xulq-atvor hodisalarini modellashtirish, sunāiy intellekt, agentga asoslangan simulyatsiya tizimlari hamda ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishning innovatsion usullari yuzasidan ilmiy fikr va tajribalar almashildi.Xalqaro konferensiyada professor-oāqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar, IT va raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislari, shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.āScience and Innovationā xalqaro ilmiy jurnalining konferensiya tashkilotchilari qatorida ishtirok etishi ilmiy nashr, tadqiqot va xalqaro ilmiy muloqot yoānalishlari oārtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Jurnal hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjuman ilmiy izlanishlarni ommalashtirish, tadqiqotchilar oārtasidagi ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda erishilgan natijalarni nashr orqali targāib qilish uchun muhim ilmiy platforma vazifasini bajardi.