“Barqaror o‘rmonchilik” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
📅 09 Nov, 2026👁 9
6–7-noyabr kunlari Toshkent davlat agrar universiteti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Barqaror o‘rmonchilik” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, ekologik barqarorlik, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.Tadbir doirasida ilmiy ma’ruzalar tinglandi hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazildi.Anjuman ilmiy tajriba almashish, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi.